Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Deputatlar tomonidan hududdagi qurilish va ta’lim muassasalari faoliyati nazorat-tahlil qilindi

Deputatlar tomonidan hududdagi qurilish va ta’lim muassasalari faoliyati nazorat-tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B.Mo‘minov Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar o‘tkazish, o‘rganishlar olib borish hamda ushbu faoliyatni ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio va bosma nashrlarda yoritib borish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda joylarga chiqdi.

️O‘rganishlar davomida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida “Karmaki” mahallasida joylashgan 33-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, hududdagi 20-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, mavjud muammolar o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasa faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish rejalashtirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 15