Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash deputati B.Mo‘minov bilan hamkorlikda tumandagi Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari hamda FHDYO bo‘limida fuqarolarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

️O‘rganish davomida markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonining qulayligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda navbatlar tizimi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, FHDYO bo‘limida tug‘ilish, nikoh, ajrim va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda saylovchilarga oid masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jarayon davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4