Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“SHUKRONALIK — MA’NAVIYAT VA QADRIYATLARIMIZ ASOSI”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chilonzor tumani bo‘linmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida 200-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Shukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 15-sonli “Beshchinor” saylov okrugi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mutalov Omonulla Nigmatullayevich ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — nuroniylarimizning boy hayotiy tajribasi va ibratli nasihatlari orqali yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishdir.

Zero, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ma’naviy merosimizga sadoqat — kelajagimiz poydevoridir!

Slide 1 of 4