Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov Do‘stlik
mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Q. Sobirov bilan hamkorlikda
mahalla hududidagi ko‘chalarning yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish uchun
yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda yo‘l infratuzilmasini
yaxshilashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash
hamda aholining murojaatlarini inobatga olgan holda tegishli choralarni
belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar
uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirildi.