Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva o‘zi saylangan Termiz MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, ularning muammo, murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar Murojaatlar daftariga qayd etilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.