Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. “Qadrdon” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
✅O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, yoritish tizimini yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅Deputat tomonidan mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!