Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Qorasuv mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
✔️ O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, moddiy va amaliy yordamlar, ularning mavjud muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️ Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va imkoniyatlarini o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur ko‘mak va tavsiyalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️ O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!