35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
#investitsiya #deputat nazorati

Olmaliq shahar Kengashi deputati Baxodir Miralimov hududdagi ob'ektlar holati va aholi bandligini ta'minlash masalalarini doimiy nazoratga olgan.
Deputatimiz vakili — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Ne'matullayeva tomonidan Usmon Nosir mahallasi "Mustaqillik" ko‘chasida joylashgan "Olmaliq sharsharasi" investitsion korxonasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ushbu dam olish maskani o‘z vaqtida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun ishga tushirilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda shaharning chekkaroq hududida joylashgani va tashrif buyuruvchilar talabi kamaygani sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

O‘rganishlar davomida deputat vakili S. Qodirova shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev bilan muloqot o‘tkazdi. Ushbu hududdan unumli foydalanish, ya'ni:
🏗 Hisobda turgan maskan o‘rnida yangi investitsion loyihani amalga oshirish;
💼 Yangi loyiha orqali hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Maqsadimiz bitta: Har bir hudud imkoniyatini qayta tiklash,  shahrimiz iqtisodiy faolligini oshirish va aholimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratishdir!

Slide 1 of 5