35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
#qonun_ijrosi #oliy_ta'lim #o'rganish

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni baholash masalalari doimo Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlarining diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda.

Bugun  Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Abdujabbor Djurayev, Muhiddin Abdullayev va Sevar Qodirova, Adham Xasanov  tomonidan Olmaliq davlat texnika institutida ushbu qonun talablarining amaldagi ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayoni shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov mas’ulligida hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari ishtirokida maxsus savolnoma asosida olib borildi.

Qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, deputatlar quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zdan kechirishdi:
📚 Ta’lim sifati va mazmuni (Qonunning 11, 26-moddalari): Oliy ta’lim standartlariga rioya etilishi, o‘quv dasturlari va kredit-modul tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganligi.
💻 Moddiy-texnik baza va infratuzilma (Qonunning 46-moddasi): Laboratoriyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi.
👥 Ta’lim jarayoni qatnashchilarining huquqlari va ijtimoiy himoyasi (Qonunning 41, 48-moddalari): Talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxona va oshxonalar holati hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat sharoitlari.

O‘rganish yakunida mas’ul komissiya a’zolari tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Natijalar yuzasidan tayyorlangan xulosa va takliflar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 4