35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
#qaror ijrosi #deputat nazorati
Olmaliq shahar “Zarbuloq” mahallasi, Behbudiy koʻchasida yoʻllarni taʼmirlash va asfaltlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-341-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Behbudiy koʻchasida suv quvurlari yotqizilgan edi. Suv tarmogʻini tortish jarayonida kovlangan joylar qayta tekislanib, yoʻllarni taʼmirlash, yamash hamda asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich va sifatli tarzda olib borildi.

Mazkur qaror ijrosi va bajarilgan ishlarning sifati hudud deputati Faxriddin Matasimov tomonidan doimiy nazoratga olindi. Deputat jarayonning har bir bosqichini, xususan suv quvurlari yotqizilgandan soʻng yoʻlning tekislanishi va asfalt yotqizish ishlarini bevosita joyiga chiqib oʻrgandi.
Oʻrganish jarayonida:
Suv quvurlari yotqizilgan hududlarning tekislanish darajasi;
Yoʻllarni taʼmirlash, yamash va asfalt yotqizish ishlarining sifati;

Aholi uchun yaratilgan qulayliklar va yoʻl xavfsizligi masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻrganish tadbirida masʼul xodim Muhriddin Begmatov ham ishtirok etib, bajarilgan ishlar holati ko'zdan kechirildi.

“Bizning asosiy vazifamiz — har bir Prezident qarori va dastur ijrosi qogʻozda emas, amalda oʻz aksini topishini taʼminlashdir. Suv quvurlari yotqizilishi bilan ish tugamaydi, undan soʻng buzilgan yoʻllarni oʻz holiga keltirish va asfaltlash ham aholi uchun juda muhim.”

Bugungi kunda Behbudiy koʻchasida barcha kovlangan joylar tekislanib, asfaltlash ishlari toʻliq yakunlandi va yoʻl aholi foydalanishiga topshirildi.
Slide 1 of 6