Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi oldidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda muhokama qilindi.
Xususan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda iqtisodiy islohotlarning ijrosi yuzasidan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida hududni kompleks rivojlantirish, budjet mablag‘larining samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.