Tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, ta'lim olishi va iqtidorini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida tuman hokimi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Deputat X.Abduvoxidov tomonidan mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, har bir yoshning murojaati alohida nazoratga olinishi, muammolarni hal etish boʻyicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv davomida ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga oʻqitish, imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.