Mahalladagi mas’ul xodimlar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N.Ruziyeva bilan birgalikda Orol MFYda bo‘lib, mahalla faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimning faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. Aholining farovonligini oshirish va manzilli ishlashni kuchaytirish masalalari doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.