Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Davlat tiliga oid qonunchilik talablarining bajarilishi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazoratida: Oqbuloq mahallasi Oltinvodiy ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l xavfsizligi masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar nazoratida: “Og‘ir hudud” obod maskanga aylanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan Chamanzor mahallasidagi ichimlik suv quvuridagi nosozlikni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Oltinko‘l mahallasidagi “PLYAJ” dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
CHILONZOR TUMANI Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qaroriga muvofiq, deputat Maxmudova Dono Artikovna tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida Charx Kamolon-2 mahallasidagi 170 va 171-uylar oldi hududida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun tuman hokimligi tomonidan 106 700,0 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada umumiy maydoni 970 kvadrat metr bo‘lgan hududda zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizilib, qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Amalga oshirilgan ishlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, piyodalar va transport harakati uchun qulaylik yaratish hamda hududning obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

✅ Aholi manfaatlariga qaratilgan bunday tashabbuslar asosida mahallalarni yanada obod va farovon maskanga aylantirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 9