Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi
янв.21
Deputat yosh dehqonlar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi
янв.21
Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar sifati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar dastur ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDIXONALAR TEKSHIRILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTABLARDA SPORT SHAROITLARI TAHLIL QILINDI
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-139-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Uch avlod uchrashuvi” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Ulug‘murodov Sarvar ham qatnashib, so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, tarixiy xotirani asrab-avaylash va katta avlod vakillarining hayotiy tajribasidan o‘rnak olish muhimligini ta’kidladi.

Mazkur tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, har tomonlama yetuk shaxslar etib kamol toptirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4