Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov Oqbuloq mahallasining Paxtachi qishlog‘ida bo‘lib, aholi tomorqalari va issiqxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tomorqalardan samarali foydalanilayotgani, ekinlar parvarishi yo‘lga qo‘yilgani hamda issiqxonalarda yaratilgan sharoitlar natijasida yuqori hosildorlikka erishilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, aholining daromadini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida erishilgan yutuqlar ijobiy baholanib, bu boradagi ishlarni yanada kengaytirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5