Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi murojaatlari va tomorqalar holati o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida “drayver” loyihalar asosida amalga oshirilgan obyektlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi
янв.21
Deputat yosh dehqonlar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi
Deputat nazorati

 “Qiziloy”da maktabgacha ta’lim sifati deputatlik nazoratida 

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi tomonidan
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini
kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xalq deputatlari tuman
Kengashiga “Qiziloy” okrugidan saylangan deputat Nafisa Mo‘minova ana shunday o‘rganishlardan
birini tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari bilan hamkorlikda amalga oshirdi.
 

O‘rganish doirasida “Qiziloy” mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirildi. Muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiya
jarayoni, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiena talablariga
rioya etilishi hamda ta’lim-tarbiya sifati atroflicha tahlil qilindi.
 

O‘rganish jarayonida muassasa faoliyatida
mavjud ayrim muammolar aniqlanib, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish
yo‘llari muhokama qilindi. Deputat tomonidan ushbu masalalarni tizimli hal etish,
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda bolalar uchun yanada qulay muhit yaratish
yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
maqsadida deputat Nafisa Mo‘minova tomonidan tuman maktabgacha ta’lim va maktab
bo‘limi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda
hal etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
ko‘rish zarurligi qayd etilgan.
 

Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar
maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolarni joyida aniqlash va tezkor hal etish imkonini
beradi. Eng muhimi, bu kabi deputatlik nazorati bolalarga sifatli ta’lim va munosib
sharoit yaratish, kelajak avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
  

Slide 1 of 2