Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda Suvonobod mahallasida bo‘lib, hududdagi ichki yo‘llar holatini atroflicha o‘rganib chiqdi.
O‘rganish jarayonida mahalla ichki ko‘chalari, yo‘l qoplamasining sifati, mavjud muammolar, hamda harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga keltirayotgan holatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning bu boradagi murojaat va takliflari tinglandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlar ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlanib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.