Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov Nurobod mahalla yettiligining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish borasidagi sa’y-harakatlar hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar ko‘zdan kechirildi.
Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududni yanada rivojlantirish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.