Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit, manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli hamda 2025-yil 18-martdagi “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman prokurori R. Sobirovning axboroti eshitildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.