Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Hududlararo hamkorlik: Paxtakor va Sardoba Kengashlari o‘rtasida tajriba almashinuvi
янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida muammo hal etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5–Quruvchi saylov okrugi deputati Isakulov Abbos o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot – muammolarga yechim sari muhim qadam
янв.21
Sessiya masalalari va haftalik ish rejasi muhokama qilindi
янв.21
Olmazor mahallasida aholi murojaatlari markazda
янв.21
Paxtakor tumanida sport sohasiga e’tibor – amaliy ishlarda
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan “Kuxinur siti-SSS” MCHJ rahbari S.Shodmonqulovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida “Sharq yulduzi” MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasidagi 7 va 8-uylar hamda A. Qahhor ko‘chasidagi 3-uyda oqova suv tizimi bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Xususan, mazkur uylarning ichki kanalizatsiya tarmoqlari markaziy tizimga ulanmaganligi yoki mavjud emasligi oqibatida aholi uchun noqulay sanitariya holati yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan oqova suv tizimini to‘liq o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda zarur infratuzilmani shakllantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish talab etilgan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.