Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, viloyat hokimi Ulug'bek Mustafoyev tashabbusi bilan Paxtakor tumanida ijodiy yarmarka tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Murojaatlar — e’tiborda, muammolar — yechimda
янв.21
DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
Aholiga bepul dori vositalari yetkazib berish holati xonadonlarda o‘rganildi.

23-Bog‘iturkon viloyat saylov okrugi deputati N.Miltikbayeva, 25-Baynalminal tuman Kengashi deputati X.Kalbayeva aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish holatini o‘rganish maqsadida bir qator fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Deputatlar fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish darajasi haqida ma’lumot oldi. Xonadon egalariga zarur dori vositalari o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani yoki bu borada qanday muammolar mavjudligi o‘rganildi.

Deputat aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu boradagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1