📌 Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 45-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada bolalarning ovqatlanish sifati, binoning isitilish holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi