Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

 Joriy yilning 5-mart kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashiga 8-Binokor saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Farmonov hamda shahar Kengashi kotibiyat mudiri E.Davlatov tomonidan
Quruvchi mahallasi hududida joylashgan shahar madaniyat bo‘limi
faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida madaniyat markazida 7 ta to‘garak faoliyati yo‘lga quyilganligi, ushbu to‘g‘araklarga 118 nafar yosh qamrab
olinganligi hamda “Dilnavoz” folklor-etnografik xalq jamoasi faoliyat yuritishi, madaniyat markazida 16 nafar ijodiy xodim va 7 nafar texnik xodim faoliyat yuritishi aniqlandi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar madaniyat bo‘limida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida to‘garaklar sonini ko‘paytirish va to‘garaklarga yoshlarni jalb etishning zamonaviy usullaridan foydalanish choralarini
ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
  

Slide 1 of 5