Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan shaharning markaziy ko'chalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Deputat mahallada o'rganish ishlari olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o'g'li 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati va tashkilot hamkorligida nosozlik bartaraf etildi.
Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 4-Chamanzor saylov okrugidagi deputatlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqilib, mazkur okrugdan tuman hokimi Xusan Abduvoxidov deputat etib saylangani ma’lum qilindi. Unda tumandan saylangan deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, deputatlikka saylangan tuman hokimi Xusan Abduvoxidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. O‘z nutqida u barchani muborak Ramazon oyi bilan samimiy tabrikladi.

2026-yilda Paxtakor tumani bo‘yicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari xisobidan 30 foizini 632 000 000 (olti yuz o‘ttiz ikki million) so‘m mablag‘ni tuman hokimligi qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga o‘tkazib berish to‘g‘risida.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10