Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati va tashkilot hamkorligida nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabi binosida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla yettiligi a’zolarining mahallalarda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar fuqaro murojaati yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
Deputat mahalladagi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Paxtakor tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati Xasamiddinov Muzaffar Tursunovich va maktab hodimlari bilan "Bobur" nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, uning murakkab va sinovlarga boy yo‘li, yuksak matonati hamda boy ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylar ijrosi namoyish etildi. Shuningdek, Boburning davlat boshqaruvidagi salohiyati, harbiy strategiyasi hamda “Boburnoma” asarining tarixiy ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.

Slide 1 of 5