Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat Isakulov Abbos tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tumanning Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan deputatlar o'rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Safarov Usmanali tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan shaharning markaziy ko'chalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova mahalla fuqarolari bilan bevosita muloqot o‘tkazish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoiti va mavjud muammolarini o‘rgandi. Uchrashuvlar davomida fuqaro tomonidan bandlik, ijtimoiy nafaqa, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati hamda infratuzilmaga oid qator masala ko‘tarildi.

Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masala esa mutasaddi tashkilotga yo‘naltirildi. Deputat fuqarolarning taklif va tashabbuslarini ham alohida qayd etib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan hamkorlik mexanizmlarini belgiladi.

Aholi bilan ochiq muloqot — islohotlarning real natijasini ta’minlash va muammoni tizimli hal etishning muhim omilidir. Bu kabi uchrashuv muntazam ravishda davom ettirilib, har bir murojaat nazoratga olinadi.

Slide 1 of 2