Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat Isakulov Abbos tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tumanning Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan deputatlar o'rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Safarov Usmanali tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan shaharning markaziy ko'chalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
#jarayon

Nurafshonda bandlik masalasiga alohida e’tibor: Navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmirkasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev tashabbusi bilan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.

📍 Manzil: Nurafshon shahar, "Yoshlik" MFY hududi.

Yarmirka davomida shahardagi turli korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan fuqarolarga:

Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi;

Mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi;

Ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolarning yo‘llanmalari rasmiylashtirildi.

"Maqsadimiz — har bir fuqaroning daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va 'Yoshlik' mahallasi yoshlarining bandligini maksimal darajada ta'minlash," — deya ta'kidladi K.Umarboyev.

Slide 1 of 3