Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat Isakulov Abbos tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob berildi:
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tumanning Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan deputatlar o'rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Safarov Usmanali tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan shaharning markaziy ko'chalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
Mahallalarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

 Toyloq tumanidagi Do‘stlik hamda Xo‘jayuz mahallalarida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari Z.Avazov, viloyat Kengashi deputati M.Yo’ldosheva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. 

     Tadbirda Z.Avazov, M.Yuldashova, B.Xamrayevlar so’zga chiqib, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi radikallashuvi va yoshlar giyohvandligining oldini olish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr bildirdilar.

    Shuningdek, fuqarolarni “Tozalik va ozodlik” oyligida faol ishtirok etishga, mahalla obodligiga hissa qo‘shishga chaqirdi. Hojilar va nuroniylarga esa to‘y-ma’rakalarni ixcham, dabdabadan xoli o‘tkazish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik borasida bosh-qosh bo‘lish tavsiya etildi. Targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirishda mahalla faollari va nuroniylardan hamkorlik so‘raldi.

Slide 1 of 6