Xususan, O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Y. Axmedov hamda Kengash kotibiyati xodimi Z. Darmonov tomonidan hududdagi o‘rganishlar navbatdagi manzilda davom ettirildi.
O‘rganish obyekti: Gurlan shox ko‘chasi.
Amalga oshirilayotgan ishlar: Piyodalar uchun yangi piyodalar yo`lakchasi (brushatka) yotqizish jarayoni.
Deputat va kotibiyat xodimi qurilish ishlarining borishi, ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda piyodalar uchun yaratilayotgan qulayliklarni yaqindan ko‘zdan kechirdilar.