O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar to‘g‘risida”gi KQ-214-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining Muzrabot tuman bosqichi tadbiri o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakunida yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlar orasidan g‘oliblar aniqlanib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi raisining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi direktori Xursanov Botir Hamrayevich;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tuman “SHIRINTOY BOLALAR” mas’uliyati cheklangan jamiyati nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Rajabova Matluba Nurullayevna;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha Muzrabot tumani “SHAXZODA TEXTIL LEDI” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdullayeva Shaxzoda Ibragimovnalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.