Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan Paxtachi tumani bo'yicha 2023-yil 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarga qo’shimcha mablag’ ajratish to'g'risidagi masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to'g'risida muhokama qilindi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o’tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi KQ-666-IV-sonli Qarorining 4-bob 55-bandiga asosan 2023-yil 2-mavsumda g’olib deb topilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani Obodon MFY hududidagi Xo'ja qishlog‘iga kelayotgan polietilen gaz quvurlarini ta’mirlash va almashtirish hamda Samarqand viloyati Paxtachi tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Qoraminos OSHPning 1-qavatida to'liq rekonstruksiya ishlarini olib borish obyektlari bo‘yicha yetishmayotgan mablag’ni qoplab berish bo‘yicha manzilli ro‘yxat muhokama etildi.
Komissiya a'zolari kun tartibidagi masala yuzasidan o'z taklif va munosabatlarini bildirib o'tishdi.