Joriy yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida g‘olib topilgan "Marmarobod" mahallasi "Konchilar", "Sangtarosh" hamda "Osiyo" ko‘chalari hududidagi umumiy 6.9 km yo‘lga asfalt qoplamalari yotqazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda mahallaning "Osiyo" guzari hududidagi ichki yo‘llarga asfalt qoplamalari "Auto Gold service" MCHJ tomonidan yotqazilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida shahar hokimi N. Jo‘rayev, shahar prokurori Sh. Gʻafforov, hamda Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputatlari
S. Husaynov M. Qodirov, R. Izbosarov va S. Temirovlar ushbu hududda bo‘ldi.