Bandixonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
✅Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🤝 Hamkor tashkilotlar: Xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar, Ichki ishlar hamda Adliya bo‘limlari.
Uchrashuvning asosiy mavzulari:
✅ Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining barvaqt oldini olish;
✅ Idoralararo hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish;
✅ Mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish.
✅ Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda onaxonlar, faol xotin-qizlar va ishchi guruh a’zolari tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha muhim takliflar o‘rtaga tashlandi. Zero, oila tinchligi — jamiyat barqarorligi garovidir.