Mahallada ijtimoiy xizmatlar samarali tashkil etilmoqda
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 25-Qarnabota saylov okrugidan saylangan deputat Begmatov Uchqun Ravshanovich Chashma mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, muhtoj oilalar bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
🔹Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.