Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga asosan, Paxtachi tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Shermatovning taklifi muhokama qilindi.