Yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 31-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida, deputat O. Buzurukxodjayeva 244-maktabda o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👩‍🏫 Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi mavjud masalalar, o‘quv jarayoni sifati hamda pedagoglarning taklif va murojaatlari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🏛 Ma’lumot uchun, sessiya kun tartibida Yashnobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2026-yil birinchi chorak yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlar muhokamasi ham o‘rin olgan.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot va hamkorlik ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 1