Maktabgacha ta’lim muassasalari deputatlar nigohida…
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova o‘z vakillik faoliyati doirasida saylovchilarning murojaatlari va takliflarini inobatga olgan holda hududdagi maktabgacha ta’lim muassasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat muassasaning holati, jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi va oshxona sharoitlari, shuningdek, pedagogik jamoaning mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Deputatning bu tashabbusi maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilash, bolalarga qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.