Maktab o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelayotgan ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan ta’lim muassasasida profilaktik va tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro hurmat, muomala madaniyati hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuvda tuman deputati Akrom Bo‘tayev, maktab direktori hamda Boyovut Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat jarayonida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib zarur tavsiyalar berildi.