Fuqarolar mulk huquqi e’tirof etildi — Urguch mahallasida tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31 martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori asosida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.
Shu munosabat bilan Urguch mahallasida mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri, xodimlari, deputatlar hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir davomida fuqarolarga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi. Ta’kidlanganidek, bu kabi amaliy ishlar aholining mulkiy huquqlarini mustahkamlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda farovonligini oshirishga xizmat qiladi.