Yangiliklar

Tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan umumta’lim maktabida ota-onalar tomonidan barpo etilgan bog‘ holati bilan tanishildi.

Tashrif davomida bog‘ hududidagi sug‘orish tizimi holati, mavjud infratuzilma hamda ekilgan ko‘chatlarning parvarishi atroflicha o‘rganildi. 

Xususan, ko‘chatlarning o‘sish darajasi, sug‘orishning muntazamligi va agrotexnik talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, bog‘ni yanada obodonlashtirish, ko‘chatlarni sifatli parvarish qilish hamda sug‘orish tizimini takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4