Yangiliklar

Deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganishlar natijasida deputatlik so‘rovlari yuborildi

Deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganishlar natijasida deputatlik so‘rovlari yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga muvofiq, Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib bormoqda.

Ushbu o‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar batafsil tahlil qilindi va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Bu amaliy ishlar fuqarolar muammolarini tezkor hal etish, shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni samarali tashkil etishning muhim vositasi sifatida xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3