Yangiliklar

Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva o‘z saylov okrugida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning muammolarini joyida hal etish, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3