Yangiliklar

Yoshlar bandligi masalasi nazorat tartibida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B. Soliyeva tomonidan saylov okrugida yoshlar bandligi holati nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ishsiz yoshlar soni, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda hayotda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2