Deputat o‘rganish olib bordi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugida joylashgan G‘oyibon mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan vazifalarning ijrosi holati o‘rganildi.
Mazkur jarayon tuman Kengashi deputati M. Karimova tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirildi. O‘rganish davomida soliq tushumlarini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda tadbirkorlar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.