Yangiliklar

5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, Marg‘ilon shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputat A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda — kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni imkon qadar joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

E’tiborlisi, murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Bu esa joylarda tizimli ish olib borilayotgani va mutasaddilarning mas’uliyatini ko‘rsatadi. Ayrim murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etishi sababli tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilab berildi.

Uchrashuv davomida ochiqlik va muloqot muhitining ustuvorligi, fuqarolar bilan bevosita ishlash samaradorlikni oshirishdagi muhim omil ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bildirilgan har bir murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring olib borilishi ta’kidlandi.


 

Slide 1 of 7