Yangiliklar

Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi

Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Xudayqulova hamda Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari G.Rahmonova ishtirok etib, ayollarning muammolari, taklif va tashabbuslarini atroflicha o‘rgandi.

⏺Uchrashuv davomida xotin-qizlar uchun bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, shuningdek, oilalarda o‘zaro hurmat va sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

💬Shuningdek, tadbirda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda murojaatlarini tizimli ravishda hal etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

⏺Xotin-qizlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning muammolarini joyida hal etish, takliflarini amaliyotga joriy etish va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6