Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 8-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat Mamatova Lola Yuldoshevna tomonidan Amirobod mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi.
Amirobod mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahalla rivoji yo‘nalishlari hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hokim yordamchilarining kundalik faoliyati alohida e’tiborda.
Shu doirada deputat Mamatova Lola Yuldoshevna mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ish jarayonini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.
Suhbat davomida:
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi;
Mahallada mavjud ayrim muammolar, shu jumladan bandlik, ijtimoiy yordam va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi;
Deputat tomonidan samaradorlikni yanada oshirish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.