Yangiliklar

Deputat faoliyati

Qo‘shhovuz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Paxtachi tumani Kengashi 1-Qo‘shhovuz saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Xushbakov Kayum Norbekovich Qo‘shhovuz mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi

Qabul jarayonida har bir fuqaroning muammosi diqqat bilan tinglanib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Ayrim masalalar esa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi yuzasidan choralar belgilandi.

Ushbu sayyor qabul fuqarolarning deputatlar bilan ochiq muloqotini ta’minlash, ularning muammolarini bevosita joyida o‘rganish va tezkor hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4