Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Paxtachi tumani filialida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi natijalari muhokama qilindi.